“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ korxonasida “Obyektga noqonuniy kirishning oldini olishda qo‘riqlash xizmatining harakatlari” mavzusida maxsus taktik amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ korxonasida “Obyektga noqonuniy kirishning oldini olishda qo‘riqlash xizmatining harakatlari” mavzusida maxsus taktik amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari, tarmoq korxonalari vakillari, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullar, Konimex tuman IIB hamda viloyat FVB qutqaruv otryadi xodimlari ishtirok etdilar.

🔵 Mashg‘ulot avvalida mehmonlar korxonadagi qo‘riqlash faoliyati, postlar joylashuvi, smenalar almashinuvi tartibi bilan tanishdilar.

🔵 Maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotida sohaviy xizmatlarning hamkorlikdagi amaliy harakatlari ko‘zdan kechirildi. Shartli korxona hududiga o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilishga uringan ikki nafar shaxsni ushlashda qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining xatti-harakatlariga baho berildi.

🔵 O‘quv mashg‘ulotlar xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan soha vakillari Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining korxona hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.