BIR GURUH TEMIR YO‘L TRANSPORTI XODIMLARI TAQDIRLANDI
Bugun 2-avgust O‘zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti xodimlari kuni.
➡️Yo‘lovchilarni doimiy xushmuomala bilan qarshi oluvchi, chiroyli kasb formasida tasavvurimizda qolgan temir yo‘l xodimlari orasida qo’li moy, yelkasi qadoq bo‘lgan ustalar, mexaniklar, provodniklar faoliyat olib borishadi. Ushbu mas’uliyatli mashaqqatli kasb egalari orasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ mahsulotlarini nes-nobud xaridorlarga yetkazishda jonbozlik bilan xizmat qilayotgan temir yo’l xodimlari ham bor.
🔴 Bayram munosabati bilan fidoiy temir yo‘lchilarga korxona rahbariyatining tabriknomasi va maxsus faxriy yorliqlari topshirildi. Bir nafar faxriy mutaxassisni uchun qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnoma bilan pensiyaga kuzatildi.
🔴 Jonkuyar temir yo‘l transporti xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Mas’uliyatli kasbingizga zafarlar yor bo‘lsin

