ISHCHI-XODIMLAR UCHUN BAYRAM TADBIRLARI O‘KAZILDI

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xalqimizning eng aziz, eng ulug‘ bayrami mustaqilligimizning 34 yilligi keng nishonlanmoqda.

➡️ Bugun ishchi-xodimlar uchun “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram oshi tayyorlanib, barcha dasturxon atrofida jam bo’lishdi.

📍 Shuningdek, ishchi-xodimlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida turli ko‘ngilochar o‘yinlar, qiziqarli shoular o‘tkazildi. G‘oliblarga sovg‘alar tarqatildi.

✍️ Bayram munosabati bilan korxona rivojiga fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan 10 nafar xodimlar “O‘zkimyosanoat” AJning, 10 nafar “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning maxsus faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.