KORXONADA KORRUPSION XAVFLAR VA SIFAT MENEJMENTIGA DOIR NOMUVOFIQLIKLAR ANIQLANMADI
Aksincha korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi texnika-texnologiya bazasini yangilash, laboratoriya va tahlil nazorat bo‘limlarida yangi zamonaviy binolarning qayta topshirilishi kabi yangiliklar amalga oshirilganini kuzatdik, – deydi fosforit mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ISO 9001:2015 hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standartlari joriy etilishining muvofiqlik darajasini belgilovchi 2-kuzatuv audit tekshiruvlarini olib borgan “SERT INTERNATIONAL” sertifikatlashtirish tashkilotining mutaxassisi A.A.Alimov. 🎙
✍️ Audit jarayonida Тexnik nazorat va sinov laboratoriyasi, Mahsulot sotish xarid qilish va marketing bо‘limi, “Tashkura” karyeri, Kon texnologiyalari bо‘limi, Kadrlar bо‘limi, Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bо‘limi, Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexining maydalash yanchish bо‘linmasi faoliyatlari tekshirildi.
➡️ Shuningdek, Audit tekshiruvlari davomida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning Korrupsion risklari yuqori bo‘lgan bo‘limlar, jumladan MSXQvaM bo‘limi xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, hujjatlari o‘rganildi. Risklarni kamaytirish borasida belgilangan chora-tadbirlarga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritildi.
✍️ Audit xulosasiga ko‘ra, sertifikat muddatini keyingi bir yilga cho‘zish uchun korxona faoliyati standart talablariga tо‘liq javob beradi, deb baholandi.



