“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
✍️ Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning shaxsiy, ijtimoiy va huquqiy erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarish maqsadida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
📚 Uchrashuvni direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandis Obidjon Amirkulov olib bordi.
Yosh laborantlarni qo‘shimcha kasb bo‘yicha malakalarini oshirish, yosh mutaxassislar orasida korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilashga oid innovatsion va ratsionalizatorlik loyihalarini amalga oshirishni kuchaytirish, ularni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rtaga tashlandi va bular bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
🎖 Uchrashuv so‘ngida sport musobaqalarning viloyat va respublika bosqichlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ishchi-xodimlar korxona rahbarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. O. Amirkulov ularni erishgan yutuqlari uchun tabriklab, natijalarda doim olg‘a yurishini tiladi.



