Texnik nazorat va sinov laboratoriyasida «Xon atlas» festivali

Ma’lumki, «Qizilqum fosforit kompleksi» MChJda har juma «Milliy liboslar kuni», sentabr oyi esa «Xon atlas» oyligi deb e’lon qilindi.

✨Shu munosabat bilan korxonaga milliy ruhni olib kirish, qadimiy qadriyatlarni jonlantirish, xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analarining ifodasi bo’lgan milliy liboslarimizni har kim har kuni kiyib yurishini targ’ib etish maqsadida tashkil etilayotgan «Milliy liboslar» kunlarida ishchi-xodimlar faol ishtirok etmoqda.