MALAKA OSHIRISH — SIFAT VA RIVOJ GAROVI!
✔️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xodimlari O‘zbekiston standartlari institutining Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar.
🔹 Ta’lim jarayonida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar oshirildi:
🔹 “O‘ZDSt ISO 9001:2015. Hujjatlarni tayyorlash. Sifat menejmenti va ichki audit”
🔹 “Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash”
✔️ Ushbu kurslar xodimlarimizning kasbiy salohiyatini oshirish, sifat menejmenti tizimini takomillashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlik va ishonchlilikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
💻 Olingan bilimlar korxona faoliyatida samarali qo‘llanilib, ish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.



