VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN VATANPARVARLIK OYLIGI VA SPORT MUSOBAQALARI BOSHLANDI

👉 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan boshlangan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostidagi Vatanparvarlik oyligi korxonamizda ko‘tarinki ruh va sport shukuhi bilan boshlandi.

▶️ Oylik doirasida o‘tkazilgan spartakiada musobaqalari xodimlarimizning nafaqat jismoniy chiniqqanligini, balki jamoaviylik va iroda kuchini ham namoyon etdi. Turnikka tortinish, bryus mashqlari hamda armlesting bo‘yicha bahslarda har bir ishtirokchi o‘zining matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini ko‘rsatdi.

🏆 O‘yin yakunlari bo‘yicha umumiy ballar hisobida g‘oliblikni:

🥇 Karyer bosh geologi o‘rinbosari Elyor Fayziyev 1-o‘rinni;
🥈 Xo‘jalik ishlari bo‘limi betonchi-duradgori Jasur Yorov 2-o‘rinni;
🥉 Tarmoq va podstansiyalar elektrmontyori Umdijon Eshqulov 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi;

✔️ Bunday tadbirlar jamoamizda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlab, Vatanga sadoqat, jismoniy va ma’naviy barkamollik ruhini yanada kuchaytiradi.

📌 Vatanparvarlik oyligi tadbirlari davom etadi.