Zakovat” — bilimlar maydoni, tafakkur sinovi!

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda korxona bo‘lim va sex ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Mazkur bellashuvda jami 14 ta jamoa faol ishtirok etib, o‘z bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘yinda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 1-o‘rin — Laboratoriya jamoasi
🥈 2-o‘rin — Temir yo‘lchilar jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Alif” jamoasi

✅ Intellektual bellashuv nafaqat bilimlarni sinovdan o‘tkazdi, balki jamoalar o‘rtasida do‘stona muhit va sog‘lom raqobatni yanada mustahkamladi.