“Ayol — Nafosat, Ilhom va Kuch timsoli”
🟡 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda o‘tkazilgan ijodiy tanlov yuqori kayfiyat va iliq muhitda bo‘lib o‘tdi.
✔️ Tanlovda korxona bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan tashkil topgan jamoalar 5 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar o‘z kasbi, ish jarayoni hamda korxona faoliyatini ijodiy, sahnaviy va yumoristik chiqishlar orqali namoyish etib, nafaqat kasbiy mahorati, balki san’at va ijoddagi iste’dodini ham ko‘rsatib berishdi.
✅ Mazkur tadbir korxonada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dodi, ijodiy salohiyati va kasbiy mahoratini namoyon etish, shuningdek jamoada sog‘lom va do‘stona ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra:
✨ “Orzu” jamoasi — “Eng kreativ jamoa”
🌷 “Bahor” jamoasi — “Eng nafosatli jamoa”
🎉 “HR yulduzlari” jamoasi — “Eng quvnoq jamoa” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldilar.
📌 G‘oliblar va barcha ishtirokchilar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.




