NAVRO‘Z — QADIRYATLARIMIZ QADIRLANGAN YANGILANISH VA EZGULIK BAYRAMIDIR
♻️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” g‘oyasi asosida Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
♻️ Bayram tadbirini korxona Bosh direktori Denis Petropavlovskiy ochib berib, ishchi-xodimlarni ulug‘ va qadimiy ayyomimiz — milliy qadriyatlarimizning ajralmas ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan samimiy tabrikladi.
♻️ Shundan so‘ng sahna haqiqiy bayram maskaniga aylandi. Ishchi-xodimlardan iborat folklor jamoalarining chiqishlari, laparlar, kelin salom marosimi, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
💐 “Navro‘z — yangilanish va ezgulik bayrami” mavzusidagi chiqishlar esa tadbirga chuqur ma’no va mazmun bag‘ishladi..


