SAMIMIY SUHBAT, OCHIQ MULOQOT: “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI XUDDI SHU RUHDA O‘TDI

✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv korxona bosh direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandis Obidjon Amirkulov rahbarligida o‘tkazildi.

✔️ Unda korxonaning turli bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin yosh xodimlar ishtirok etdi.

✍️ Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va muammolar bilan faol ishtirok etdilar. Xususan, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, texnik holatlarni yaxshilash, mehnat sharoitlari, ta’til va ish grafigi, xavfsizlik hamda infratuzilma bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi.

🌎 Shuningdek, energiya ta’minoti, uskunalar ta’miri, transport va logistika, issiqlik tizimlari, ombor xo‘jaligi hamda ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga oid takliflar ilgari surildi.

✍️ Bildirilgan barcha murojaatlar rahbariyat tomonidan tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.