BUGUN — KONCHILIK VA METALLURGIYA SANOATI XODIMLARI KUNI

⛰ Yer qa’ridagi boyliklarni izlab topish, uni qayta ishlab yurt taraqqiyotiga xizmat qildirish — bu katta matonat, sabr va fidoyilik talab etadigan sharafli kasbdir.

👉 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning minglab mehnatkashlari har kuni konlardan zavodlargacha bo‘lgan ulkan jarayonlarda o‘z bilim va tajribasi bilan yurtimiz sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

⛏️ Qazilgan har bir ma’dan, harakatdagi har bir texnika, zavoddagi har bir jarayon ortida inson mehnati, jasorati va mas’uliyati mujassam.

⚡️ Kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha konchi, metallurg, geolog, muhandis hamda soha fidoyilarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

✨ Mehnatingiz qadrlidir, hissangiz beqiyos!