KUN QAHRAMONI
KASBIGA SADOQAT — HAYOTGA FIDOYILIK
🕯 Ba’zi insonlar bor — ular nafaqat o‘z ishini bajaradi, balki butun bir kasbga mehr va sadoqat namunasi bo‘lib yashaydi. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Temiryo‘l sexi teplovoz mashinisti Tashkivatov Nurkul Nematovich ana shunday fidoyi insonlardan biridir.
📚 U kishi 1989-yildan buyon temiryo‘l sohasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Yillar davomida orttirilgan tajriba, kasbiga bo‘lgan cheksiz qiziqish va o‘ziga nisbatan yuqori talabchanlik uni sohaning tajribali va hurmatli mutaxassislaridan biriga aylantirdi.
▶️ Nurkul Nematovichning hayotiy shiori oddiy, ammo mazmunli:
✨ “Talabchanlik faqat hayotda emas, ishda ham bo‘lishi kerak.”
🚂 Bugun u nafaqat o‘z kasbining ustasi, balki yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan ustoz hamdir. Ularning har biriga kasbni sevish, mehnatga halollik va sadoqat bilan yondashish eng katta boylik ekanini ta’kidlaydi.
👨👩👦👦 2 nafar farzand va nevaralar ardog‘idagi Nurkul ota hayotning har bir lahzasini qadrlaydi:
💭 “Har bir kun g‘animat, har bir imkoniyat — ne’mat.”
🟡 Kasbiga mehr qo‘yib, yillar davomida sharaf bilan xizmat qilayotgan fidoyi insonlarga hurmatimiz cheksiz!

