“KIMYO HAFTALIGI” DOIRASIDA STOL TENNISI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

▶️ Bugun “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Kimyo haftaligi” tadbirlari doirasida stol tennisi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

🎗 Sport ruhiyati, chaqqonlik va mahorat uyg‘unlashgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining tayyorgarligi va chaqqonligini namoyon etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi ta’mirlovchi chilangari;
🥈 2-o‘rin — Karyer kon uskunalarini ta’mirlash sexi elektrgazpayvandlovchisi Nursulton Maksatov;
🥉 3-o‘rin — Avtotransport sexi boshlig‘i Yoqub Shukurovlarni qo‘lga kiritdi.

🤝 Musobaqa g‘oliblari korxona Bosh direktori Denis Petropavlovskiy tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Rahbar tomonidan korxonada sport va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jamoa birdamligini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi..