Stol tennisi sport musobaqasi

🏓 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Kimyo haftaligi” doirasida boshlangan Stol tennisi sport musobaqasining xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslari ham yakunlandi.

🎗 Musobaqa ayollar o‘rtasidagi sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviy birdamlik ruhiyatini shakillantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.

Qiziqarli va bahisli jarayonarga boy o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra,

🥇 1-o‘rinni Matbuot kotibi Sohiba Suyunova;
🥈 2-o‘rin Texnik nazorat va sinov laboratoriyasi laboranti Nargiza Mirzayeva;
🥉 3-o‘rin esa Karyer kon ishchisi Zahro Egamberdiyevalar egallashdi.

🏆 G‘oliblar korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirildi. Korxonada “Kimyo haftaligi” kunlari davom etmoqda.