🚨 KARYER UCHASTKASIDA MAXSUS O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
⬇️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Karyer uchastkasida avariyali vaziyatlarni chegaralash va bartaraf etish bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
☄️ O‘quv mashg‘uloti ssenariysiga ko‘ra, zilzila oqibatida tog‘ jinslari qulab tushishi natijasida kon ishchisi uyum ostida qolgan hamda EKG-10 rusumli 40-sonli ekskavatorni ta’minlovchi 6 kV YKNO yuqori kuchlanish tarmog‘ida qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in sodir bo‘lish holati amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida:
🔹 jabrlanuvchini qidirish va xavfsiz hududga olib chiqish;
🔹 birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
🔹 yong‘inni bartaraf etish;
🔹 maxsus xizmatlar bilan hamkorlikdagi harakatlar;
🔹 tezkor xabar berish va dispetcherlik tizimi ishlashi amaliy ko‘rinishda bajarildi.
✍️ Unda korxona bo‘linmalari, dispetcherlik xizmati, 19-sonli qutqaruv qismi, sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda mas’ul mutaxassislarning favqulodda vaziyatlarda tezkor va hamjihatlikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
✅ Mazkur o‘quv mashg‘uloti avariyali vaziyatlarda xodimlarning tayyorgarligini oshirish, xavfsizlik choralarini mustahkamlash hamda favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
