KIMYOGARLAR KUNI — MEHNAT VA FIDOYILIK BAYRAMI

🟡 Kimyogarlar kuni kasb bayrami munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

💬 Tadbirni korxona Bosh direktori Denis Petropavlovskiy hamda Bosh muhandis Obidjon Amirkulov ochib berdi. So‘z avvalida ular barcha ishchi-xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, korxona rivoji, ishlab chiqarish yutuqlari va yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan jamoaga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, inson salomatligi, farovonligi va qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida kimyo sanoatining o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

🌎 Bayram davomida xodimlar uchun qiziqarli shou dasturlar, quvnoq o‘yinlar hamda konsert dasturi namoyish etildi. Jaranglagan kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar va samimiy muhit tadbirga o‘zgacha bayramona kayfiyat bag‘ishladi

Проснувшись однажды утром после беспокойного сна, Грегор Замза обнаружил, что он у себя в постели превратился в страшное насекомое.