“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish boshlandi

✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, bilim va ko‘nikmalari darajasini baholash, egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini aniqlash hamda kadrlar salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiya jarayoni boshlandi.

✍️ Korxonaning 2026-yil 26-martdagi 99-sonli buyrug‘i hamda “Asian Chemical Group” MChJning 2026-yil 5-martdagi 56-sonli xati asosida tashkil etilgan attestatsiya jarayoniga jami 1 104 nafar ishchi-xodim jalb etiladi.

🗓 Attestatsiya 2026-yil 15-iyundan 15-iyulga qadar davom etib, korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini qamrab oladi.

✔️ Mazkur jarayon xodimlarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, malakasini takomillashtirish, zamonaviy ishlab chiqarish talablari asosida kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda korxona faoliyati samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.