INNOVATSION G‘OYALAR – KELAJAK TARAQQIYOTI POYDEVORI!

▶️ “Yoshlar oyligi” doirasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda korxona xodimlari va yosh mutaxassislar o‘rtasida “Innovatsion g‘oyalar” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

⬇️ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xodimlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalarni aniqlash hamda ularni amaliyotga tatbiq etishdir.

↗️ Tanlovda:
👥 Ishtirokchilar soni – 8 nafar
✍️ Taqdim etilgan loyihalar – 11 ta

💡 Tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, ekologik muammolarga yechim topish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yaratish, korxona xarajatlarini qisqartirish hamda qo‘shimcha daromad keltiruvchi innovatsion tashabbuslar yuzasidan loyihalar taqdim etildi.

🏆 Tanlov yakuniga ko‘ra,

🥇 1-o‘rinni “Chiqindisiz texnologiya” loyihasi bilan xodimi TST, IT va K sexi ustasi Suhrobjon Abduaxatov;
🥈 2-o‘rinni “Fosfogram” loyihasi bilan AT va AXRB 1-toifali kompiyuterlash muhandisi Bahriddin Naimov;
🥉 3-o‘rinni Eskirgan avtomobil shinalarini qayta ishlab rezina granulalari ishlab chiqarish loyhasi bilan Innovatsia menejeri Abusaid Ne’matovlar qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun maxsus nominatsiyalar topshirildi.