Sifat menejmenti tizimi ma’lumotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-5133-sonli qarorining 4.1-ilovasi, “AMMOFOS-MAXAM” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokidagi 2022-yil 15-iyuldagi konferensiya bayoni, hamda «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MCHJning 2022-yil 09-avgustdagi “Jamiyatda sifat menejmenti tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi 365-buyrug’i, shuningdek ushbu buyruqning 1-ilovasida keltirilgan, 2022-yil 09-avgustda tasdiqlangan “Sifat menejmenti tizimini joriy qilish tarmoq jadvali” va “QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MCHJning 2022-yil 09-avgustdagi “Sifat menejmenti tizimi sohasidagi diagnostik auditni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 365-buyrug’i asosida tashkilotda diagnostik audit o‘tkazildi.

“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJ 20 yildan ortiq O’zbekiston Respublikasining fosfatli ma’dan qazib olish va qayta ishlash sohasidagi yagona korxonasi hisoblanadi. Korxonamiz ichki bozorning yirik sanoat korxonalari uchun qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida, kimyo industriyasini zaruriy xom ashyosi bo’lgan fosfat maxsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.

Missiyamiz – tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlash bilan mamlakatimiz kimyo industriyasini barqaror ta’minlash va shu orqali insoniyat xayotini yaxshilash.

Istiqbolimiz – maxsulotlarimiz bilan mijozlar ehtiyojlarini qondirish va ularga moliyaviy jihatdan muvaffaqiyat qozonishlariga ko’maklashish.

Strategik maqsad va vazifalarimiz:

-Manfaatdor tomonlarning talab va istaklarini qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish;

-Sifat sohasidagi qonunchilikda belgilangan, me’yoriy va xalqaro standartlar talablariga rioya qilish;

-Korhona faoliyatidagi ehtimoliy risklarni optimallashtirish;

-Xodimlarning kasbiy mahoratini doimiy oshirish;

-Tog‘-kon transport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash;

-Sinov laboratoriyalarida muvofiqlikni baholashga, iste’molchilar tomonidan ishonchni, hayot xavfsizligi va sifatini ta’minlashga doir sinovi natijalari ob’ektivligini, ishonchliligini va xolislikni ta’minlash;

-Ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaxshilash bo’yicha modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, innovatsiya sohasini rivojlantirish;

-Potensial iste’molchilar talablarini to’la qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmini bosqichma bosqich oshirish;

-Elektron axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanishni yaxshilagan holda elektron hujjatlar almashinuvini takomillash

«QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ to‘g’risida qisqacha ma’lumot

Jamiyatning joylashgan joyi va pochta manzili: O‘zbekistan Respublikasi, Navoiy viloyati, Konimex tumani Karak-ata MFY, pochta manzili — 210503

Navoiy viloyati 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikaning markaziy qismida joylashgan.

Ma’muriy markaz – Zarafshon vohasining Konimex tumani (QARAK-OTA stantsiyasidan 45 km, asfalt yo‘l bo‘yicha Zarafshon shahriga 70 km, Toshkent shahridan 659 km uzoqlikda joylashgan.

Korxonaning to‘liq nomi: «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» mas’uliyati cheklangan jamiyati.

Elektron manzili: info@fosforit.uz,info@fosforite.uz

Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tgan sanasi registratsiya raqami: 04.03.2022 y. registratsiya raqami 1107095

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami: 309 341 717, OKED 08910

Jamiyatning rasmiy web-sayti: https://fosforit.uz/

«QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ maydoni 1183,67 gektar.

Ayni damda «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiradi.

«QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ faoliyatining asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishi – fosforli ruda qazib olish, fosforit konsentrati va fosforit uni ishlab chiqarish hamda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati korxonalarini fosforit mahsulotlari bilan ta’minlash hisoblanadi.

Eng yirik iste’molchi korxonalar – “Ammofos-Maksam” AJ, “Indorama Holdings BV”, «Ferganaazot» AJ, «Navoiyazot» AJ, «Samarkandkimyo» AJ va boshqalar.

2021 yil davomida korxona “Olmaliq KMK” tarkibida bo‘lgan va alohida yuridik maqomga ega bo‘lmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 77-son “Kimyo sanoati sohasida fosforli o‘g’itlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida” Qaroriga asosan “Olmalik KMK” AJga tegishli “Qizilqum fosforit kompleksi” aktivlarini balans qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish hisobiga berish orqali uning negizida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ (mas’uliyati cheklangan jamiyati) tashkil etildi.

Ishlab chiqarilayotgan fosfor xomashyosi Respublikamizning ichki bozoriga yetkazib berilmoqda.

Tashkilotda quyidagi Toshqo‘ra fosforit mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqariladigan mahsulot nomiMahsulot me’yoriy hujjati
A markadagi yuvib quritilgan Toshqo‘ra fosforit kontsentrati (KMS)Ts 31638914-01:2022
A va B markali yuvib kuydirilgan fosforit kontsentrati (KMO)O‘zDSt 2825:2014
Fosforit uni (Fos Muka)O‘zDSt 2825:2014

Maxsulotlarni qo‘llash sohalari:

A va B markali yuvib kuydirilgan fosforit kontsentrati (KMO)-ekstraksion fosfat kislotasi va ammofos, diamoniy fosfat va boshqa murakkab fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda;

— A markadagi yuvib quritilgan Toshqo‘ra fosforit kontsentrati (KMS)-fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun;

— Fosforit uni-azot-fosfor va boshqa fosforli o’g’itlarni olish uchun.

ISO 9001:2015 “Sifat boshqaruv tizimlari” xalqaro standartini joriy qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmaqda:

Avgust oyida:

“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJning 2022-yil 9-avgustda “Sifat menejmenti tizimini joriy qilish tarmoq jadvali” tasdiqlandi.

Tarmoq jadvali bo‘yicha “QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJning sifat menejmenti tizimi sohasidagi diagnostik auditni oʻtkazish dasturi” tuzilib, 2022-yilning 15-avgustidan 7-sentyabrigacha ISO 9001:2015 xalqaro standart talablariga muvofiq, hamda ISO 19011:2018 “Menejment tizimlari auditi bo‘yicha qo‘llanma” xalqaro standart talablari asosida tarkibiy tuzilmalarda jamiyatning kuchi bilan ichki audit o‘tkazildi.

Oktabr oyida:

1. “QFK” MCHJda SMT bo‘yicha o‘tkazilgan diagnostik audit natijalari to‘g‘risida”gi 2022 yil 21-oktabrdagi 531-sonli buyruq asosida ishchi guruh tuzildi.

2. Jamiyatning 27 tarkibiy tuzilmada o‘tkazilgan audit natijasida 33 nomuvofiqlik va 9 ta muvofiqlik aniqlandi. Nomuvofiqliklar bo‘yicha 30 banddan iborat tuzatish harakatlari rejasi tuzildi;

3. “QFK” MCHJda SMTning jarayon va kichik jarayonlarini boshqarish to‘g‘risida”gi 2022 yil 26-oktabrdagi 544-sonli buyruq asosida jamiyatda 7°ta jarayon aniqlanib, jarayon rahbarlari ishtirokida jarayon xaritalari tuzildi;

4. 2022 yil 24-oktabrda tasdiqlangan sifat menejment tizimi bo‘yicha maqsadli kurs dasturi ishlab chiqildi va 2022 yil 28-oktabrdagi “O‘quv kursini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 73-sonli buyruq asosida 31-oktyabrdan-11-noyabrgacha 20 kishilik ishchi guruh a’zolarini o‘qitish va tayyorlash uchun o‘quv kursi tashkillashtirildi.

Noyabr oyida:

1. Diagnostik audit natijasi asosida aniqlangan 30 nomuvofiqliklardan 6 nomuvofiqlik bo‘yicha tuzatish choralari ko‘rildi.

2. Jamiyatning 7 jarayoni bo‘yicha 22 kichik jarayon hujjatlari (ketma-ketligi, mezoni, extimoliy risklari, o‘zaro aloqalari, hujjatlashtirilgan ma’lumotlari va b.) tuzilib, tasdiqlandi.

3. Sifat menejment tizimi sohasidagi tartiblaridan (protseduralaridan) bo‘lgan “Jamiyatning boshqaruv hujjatlari to‘g‘risidagi nizomi” 2022-yil 29-noyabrda tasdiqlandi, shuningdek “Jamiyatning risklarni boshqarish to‘g‘risidagi tartibi” tasdiqlanib 2022-yil 18-noyabrdagi buyruq asosida amalga kiritildi.

Dekabr oyida:

1. Sifat sohasidagi siyosat ishlab chiqildi va 2022 yil 07-dekabrdagi 624-sonli buyrug‘i asosida amalga kiritildi, shuningdek barcha manfaatdor tomonlarga yetkazish maqsadida jamiyatning rasmiy saytiga joylashtirildi.

2. Jamiyatning 27 kichik jarayoni bo‘yicha ehtimoliy risklari baxolanib, rikslarning darajalari aniqlandi.

3. Kichik jarayonlarning muhim risklari bo‘yicha va sifat menejmenti tizimi sohasidagi siyosat asosida maqsadlar aniqlandi.

4. 30 nomuvofiqliklardan 9 nomuvofiqlik bo‘yicha tuzatish choralari ko‘rildi.

5. Jamiyatning standartlar katalogi, tashqi va ichki hujjatlar ro‘yxati tuzildi va dolzarblashtirildi.

QFKning sifat menejment tizimi sohasidagi Siyosati.

Murojaat uchun:

Jamiyatning sifat menejment tizimi bo‘yicha javobgar xodimi: Sayidova Shaxlo

Elektron pochta manzili: sh.t.saidova@fosforite.uz

Telefon: (+99891) 330 27 60+998-79-222-00-57, 8678