SIFAT MENEJMENTI TIZIMINI JORIY QILISH VA ICHKI AUDITORLARNI TAYYORLASH BO‘YICHA O‘QUV TASHKIL QILINDI

SIFAT MENEJMENTI TIZIMINI JORIY QILISH VA ICHKI AUDITORLARNI TAYYORLASH BO‘YICHA O‘QUV TASHKIL QILINDI

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ rahbar xodimlari va soha mutaxassislari uchun “ISO9001:2015 Sifat menejmenti tizimi bo‘yicha menejer/ichki auditor” yo‘nalishida o‘quv seminar tashkil qilindi.
O‘quv seminarni “CERT academy Group” tashkilotining tajribali spikeri Alisher Aminov olib bordi.
Seminarda sifat menejment tizimni (SMT) boshqarish, SMT va uning hujjatlarini ishlab chiqish, SMTni joriy etish, Tashkilotni sertifikatlashtirishga tayyorgarlik jarayonida SMT ichki auditni tashkil etish va o‘tkazish, sertifikatlash uchun tizimni tayyorlash kabi mavzularda darslar olib borildi.
Ushbu kurs strategik menejmentga asoslangan ISO 9001 xalqaro standarti talablariga javob beradigan samarali boshqaruv tizimini yaratish orqali o‘z tashkilotlarining muvaffaqiyatidan manfaatdor bo‘lgan ta’sischilar, menejerlar va xodimlar uchun mo‘ljallangan.
Undan ko‘zlangan maqsad ISO 9001 standartining har bir talabini batafsil o‘rganish va ularni qo‘llash, sifat menejment tizimi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning barcha turlarini aniqlash va hujjatlarni ishlab chiqishning amaliy mashg‘ulot usullarini o‘rganish, SMTni ishlab chiqish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni va ularni bartaraf etish usullarini aniqlash va Sifat menejment tizimini sertifikatlash bosqichlarini o‘rganish kabilardan iboratdir.