JAMOA SHARTNOMASIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILDI
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 2022-2024-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Yangi Konstitutsiya va Mehnat kodekslaridagi o‘zgarishlarni jamoa shartnomasiga kiritish bo‘yicha mutaxassislar bilan birgalikda takliflar ko‘rib chiqildi. Unda asosan yoshlar va ayollar mehnatini rag‘batlantirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvlatlash, jamoada ularning sha’ni, qadr-qimmatini ko‘tarish, ishchi-xodimlarning mehnat ta’tillari, ish faoliyatida qulay imkoniyat va imtiyozlar, mehnatga haq to‘lashdagi adolatlilik masalalari o‘rtaga tashlandi. Takliflar mutaxassislar tomonidan ovoz berish orqali tasdiqlandi.