🌳 Bir necha yillardan buyon Prezidentimiz tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda mamlakatimizda jadallik bilan olib borilayotgan “Yashil makon” umumilliy loyihasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etib kelmoqda.
🪴Joriy yilda loyiha doirasida korxona hududiga 220 ming dona saksavul ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, 2023-yilda ekilgan 100 mingdan ortiq sakvul ko’chatlarini parvarishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Cho‘l hududini ko‘kalamzorlashtirish, tabiatning boyliklarini asrash, ekologik muammolarni hal etishga hissa qo‘shish maqsadida korxonaning barcha bo‘lim va sexlarida ishlar davom etmoqda.


