FOSFORIT UNI — QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN TABIIY O‘G‘IT MANBAI
Fosforit uni — bu tabiiy fosforit jinslarini maydalab, texnologik qayta ishlovdan o‘tkazish natijasida olinadigan fosforga boy mineral o‘g‘it hisoblanadi. U o‘simliklarning o‘sishi va hosildorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Fosforit unining asosiy tarkibiy qismi — fosfor (P₂O₅) bo‘lib, u o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq elementlardan biridir.
⸻
🌱 Asosiy afzalliklari
Mahalliy ishlab chiqarish – import o‘rnini bosuvchi, iqtisodiy jihatdan arzon va barqaror mahsulot..
Tuproq unumdorligini oshiradi – o‘simliklarning ildiz tizimi rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Uzoq muddatli ta’sirga ega – tuproqda asta-sekin erib, bir necha yil davomida o‘simliklarni fosfor bilan ta’minlaydi.
Ekologik jihatdan toza – tarkibida zararli kimyoviy qo‘shimchalar yo‘q, tabiiy manbalardan olinadi.



