KORXONA XOTIN-QIZLARI O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportga jalb etish maqsadida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xotin-qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha korxona turniri o‘tkazildi. 


🏐 Unda korxonaning bo‘lim va sexlaridan tashkil topgan xotin-qizlar jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra:


🥇1-o‘rin — Ma’muriyat jamoasi;

🥈2-o‘rin -Texnik nazorat bo‘limi jamoasi;

🥉3-o‘rin — Transport bo‘limi jamoalari egalladi. 


🏆G‘olib jamoalar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.