KORXONADA XOTIN-QIZLAR UCHUN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 7-martda qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son farmonida “Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, gender tenglikni ta’minlash” masalalari qat’iy belgilab qo‘yilgan. 

     ✅ Mazkur farmon ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis jamiyatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi. 

    ✍️ Unda ayollar murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi yo‘nalishli avtobus qatnovidagi muammolar va xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida bo‘ldi. Takliflar va murojaatlar ijrosi tegishliligi bo‘yicha mutaxassislarga biriktirildi.