Notice: Функция _load_textdomain_just_in_time вызвана неправильно. Загрузка перевода для домена construction-light была запущена слишком рано. Обычно это индикатор того, что какой-то код в плагине или теме запускается слишком рано. Переводы должны загружаться при выполнении действия init или позже. Дополнительную информацию можно найти на странице «Отладка в WordPress». (Это сообщение было добавлено в версии 6.7.0.) in /home/mail0189/public_html/wp-includes/functions.php on line 6121
ERKAKLAR O‘RTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI — “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ

ERKAKLAR O‘RTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

ERKAKLAR O‘RTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan Spartakiada o‘yinlarining futbol musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Korxonada sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport musobaqalarini ishchi-xodimlar o’rtasida ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur musobaqa qizg‘in kurash va bahslarga boy bo’ldi.

5 kun davom etgan musobaqa natijalariga ko‘ra, turnir davomida raqib darvozasiga 29 ta gol urib, o‘z darvozasidan 1 ta to‘p o‘tkazgan «Tashkura» karyer jamoasi birinchi o‘rinni, Fosforit konsentranti ishlab chiqarish sexi jamoasi ikkinchi o‘rinni, Geologlar jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar korxona rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.