SANOAT XAVFSIZLIGI YO‘NALISHIDA 20 NAFAR XODIM O‘QITILDI
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis, rahbar va xodimlar uchun Sanoat xavfsizligi yo‘nalishida o‘quv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv O‘zbekiston Raspublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bo‘lib, unda korxonada faoliyat yuritayotgan 20 nafar xodim jalb qilindi.
Mutaxassislar Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi, Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi, Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi kabi masalalardabilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.