🗓 Yurtimizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 19-yong‘in qutqaruv qism xodimlari bilan birgalikda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.
🌋 Korxonaning Avtotransport sexi, Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi va Markaziy laboratoriya ishchi-xodimlari bilan o‘tkazilgan tadbirlarda avtomobillardagi yong‘in o‘chirish moslamalaridan foydalanish ko‘rsatmalari, favqulotda sel toshqinlari, zil-zila va yong‘in oqibatlarida to‘g‘ri harakatlanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatsh, yong‘in xavfsizligi xodimlari kelgunga qadar birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Korxonada “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
