♻️ No‘vro‘z saylining o‘ziga xos qismi sifatida korxona xotin-qizlarining “Milliy liboslar” tanlovi va arqon tortish musobaqalaridagi bellashuvini aytishimiz mumkin.
🎊 “Milliy liboslar” tanlovida Mahliyo Jo‘raqulova, Kumus Kazakbayeva, Julduz Kulubetova, Kulikovskix Tatyanalar g‘olib deb e’lon qilindi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Qolgan ishtirokchilarga ham faol ishtiroki uchun sovg‘alar ulashildi.
✅ Ishchilar uchun tashkil etilgan ajoyib qo‘shiqlar va raqslar esa davraga bayramona ko‘tarinkilikni ulashdi.
Korxonada o‘tkazilgan bayram tadbirlari bahor ayyomida borliqning uyg‘onishini aks ettiruvchi, yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotini qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan yana bir muhim kun sifatida qadrlanadi.